Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Noyabr oyi boshida O‘zbekistonda pomidor narxi rekord darajada yuqoriladi — ulgurji narx qo‘shni Tojikistonga nisbatan 61 foiz, Gruziya va Moldovaga nisbatan bir yarim baravar balandlashdi. Endilikda mahsulot narxi barqarorlashmoqda. Bu haqda EastFruit xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Treyderlar narxlarning yanada o‘sishini kutishganiga qaramay, tahlilchilari o‘sishning sekinlashishi yoki hatto narxlarning barqarorlashishini prognoz qildi.

Keyingi uch hafta ichida pushti pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi atigi 5 foizga oshdi va barqarorlashdi, qizil pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi esa hatto 7 foizga kamaydi.

Narxlar monitoringiga ko‘ra, 2022-yil 4—25-noyabr kunlari O‘zbekistonda pushti pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 19 ming so‘mdan 20 ming so‘m/kg gacha oshdi. So‘nggi ikki hafta ichida 20 ming so‘m/kg darajasida barqarorlashdi.

Pushti pomidorning hozirgi o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilgi darajadan 11 foizga yuqoriladi.

Xuddi shu davrda qizil pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 14 ming so‘mdan 13 ming so‘m/kg gacha pasaygan. 2022-yil 25-noyabr holatiga ko‘ra, o‘tgan yilning shu sanasidagi darajada bo‘lgan.

Mavzuga doir: Rossiyadan ham qimmatroq: O‘zbekistonda pomidor narxlari rekord darajaga yetdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi