Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Koreya Eksimbankining EDCF jamg‘armasi bosh direktori Xva Jun So bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda ITSV axborot xizmati.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Qayd etilishicha, muzokaralar chog‘ida mazkur jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlangan umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lgan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilingan.

Milliy onkologiya markazi va Kattalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi qurilishi hamda Toshkent Pharma Park klasteri hududida farmatsevtika universitetini tashkil etish (1-bosqich) loyihalari shular jumlasidan.

Shuningdek, “Tibbiyot universitetini tashkil etish” va “Toshkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-o‘quv qismlarini yaratish (2-bosqich) loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida ahdlashuv bayonnomasini imzolashni tezlashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan.

Tomonlar, shuningdek, qarz bitimlarini imzolashdan oldingi tartibotlarni soddalashtirish imkoniyatlarini muhokama qilgan. Hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini, jumladan, mintaqaviy avtomobil hamda temir yo‘l kommunikatsiyalarini rivojlantirish va sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishni belgilab olgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan tashabbuslarni, shuningdek, 2023—2024-yillarda hayotga tatbiq etishga rejalashtirilgan yangi loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi