Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya banki 16 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta (2006-yil martdan beri) o‘zining davlat obligatsiyalari to‘plamida balans yo‘qotilishini qayd etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Mamlakat Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyi oxirida davlatning qimmatli qog‘ozlarini saqlashdan ko‘rgan zarari 874,9 milliard iyenani (6,29 milliard dollar) tashkil etgan bo‘lsa, mart oyi oxiridagi foyda 4,373 trln iyena bo‘lgan.

Bu o‘zgarishlar obligatsiyalar daromadining keskin oshishi bilan bog‘liq, — deb qayd etadi MarketWatch.

Sentabr oyida 10 yillik davlat obligatsiyalarining daromadliligi yiliga 0,25 foizgacha ko‘tarildi. Bu Yaponiya banki tomonidan eng baland chegara sifatida belgilangan daraja hisoblanadi.

Avvalroq Yaponiya banki 2023-yilda raqamli iyenani amaliy sinovdan o‘tkazishni boshlashi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya milliy raqamli valyutasini ikki yillik sinovdan o‘tkazishda foydalanuvchilar omonatlardan foydalanishi mumkinligiga ishonch hosil qilish niyatida. Tizimning o‘zi esa internet aloqasi bo‘lmagan taqdirda ham ishlayveradi.

Biroq Yomiuri gazetasiga ko‘ra, test sinovlari davomida alohida kompaniyalar va jismoniy shaxslar raqamli iyenani amalda sinab ko‘rishi kutilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, testning ushbu so‘nggi bosqichi yakunlangandan so‘ng, 2026-yilda iqtisodiyotga raqamli iyenani joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin.

Bungacha 2021-yilda va joriy yilda mutaxassislar raqamli valyutani chiqarish va muomalaga kiritish bilan bog‘liq funksiyalarni sinab ko‘rishgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj