Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni Rossiya Federal majlisi davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuv avvalida Vyacheslav Volodin davlat rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Keyingi yillarda parlamentlararo muloqotlar jadal sur’at kasb etgani, O‘zbekiston va Rossiya hududlarida yangi formatdagi — ikki mamlakat parlamentlarining palata va qo‘mitalari rahbarlari darajasida uchrashuvlar o‘tkazish amaliyoti joriy qilingani alohida qayd etildi.

Yangi tashkil etilgan Hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiya faoliyati ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash hamda qonunchilik faoliyatini tashkil etish sohasida tajriba almashishni kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Iqtisodiy hamkorlikning ijobiy natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi. 2022-yilning boshidan buyon ikki tomonlama tovar ayirboshlash uchdan birga oshdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Rossiya investitsiyalarini jalb qilgan holda O‘zbekistonda neft-gaz, energetika, kon-metallurgiya, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalari izchil kengayib bormoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Madaniy-gumanitar yo‘nalishda, eng avvalo, oliy va o‘rta ta’lim hamda turizm sohalarida samarali hamkorlik rivojlantirilmoqda. Rossiya delegatsiyasi a’zolari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, yoshlar tarbiyasi, sog‘liqni saqlash salohiyatini oshirish, shahar va qishloqlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni yuksak baholadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Entoni Joshuaning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Iqtisodiyot
Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka parvozlar uchun 20 foizlik chegirma e’lon qildi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2023-yilda inflyatsiya 8,5—9,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda