Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi emlash uchun 549 900 doza Pfizer vaksinasi keltirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Bugunning o‘zida ushbu vaksina partiyalari ikkinchi marta mamlakatga olib kelindi, kunduz kuni uning 142 740 dozasi keltirilgani haqida xabar berilgandi.

Shunday qilib, bugun O‘zbekistonda foydalanish uchun qabul qilib olingan vaksina miqdori jami 692 640 dozaga yetdi. Ma’lumot uchun, shu kunga qadar emlash jarayonlarida jami 72,5 million doza vaksinadan foydalanilgan. Uning 6,7 million dozasi Pfizer vaksinasi hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat

O‘zbekistonda 27-noyabr kuni 137 kishida koronavirus qayd etilgan. 25-noyabr kuni esa koronavirus bilan kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari soni iyun oyidan beri ilk bor 100 dan oshgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj