Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Oziq-ovqat sifatini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 10 oy davomida normativ hujjatlar talablariga javob bermagan 3540,8 tonna va 4623 litr oziq-ovqat mahsulotlari iste’molga yaroqsiz deb topilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda O‘zbekistonning 18—64 yoshdagi aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha:

  • har kuni aholining uchdan ikki qismi (67 foiz) yetarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot va mevalar iste’mol qiladi;
  • aholining yarmi — og‘ir vaznli, 20 foizi — semiz;
  • 46 foizining qonida xolesterin miqdori oshgan;
  • aholining o‘rtacha tuz iste’moli — kuniga 14,9 grammni tashkil etadi, bu — JSST tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar ko‘p (kuniga 5 grammdan oshmasligi lozim).
Shu bois sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil qilish borasida iste’molchilarning savodxonligini oshirish ishlari olib borilmoqda.

Aholi orasida yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari va guruhli ovqatdan zaxarlanish holatlarining oldini olish borasida hududlarga 1007 nafar mutaxassis biriktirilgan. Ishchi guruhlar 1150 ta reyd o‘tkazgan. 149 marotaba bozorlarda, 375 ta umumiy ovqatlanish korxonalarida, 597 ta savdo do‘konlarida va 142 ta oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarida o‘rganishlar o‘tkazilgan.

Aniqlangan kamchilar yuzasidan 228 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilgan. Sifatsiz deb topilgan 36 475 kg yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlarining savdosi taqiqlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati