Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCH—2022 2-turida Ispaniya va Germaniya terma jamoalari 27-noyabr, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Kollaj: “Daryo” / Foto: Getty Images

Kollaj: “Daryo” / Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limida teng kurash kechdi, biroq darvozalar daxlsiz qoldi. 62-daqiqada Alvaro Morata qanotdan uzatilgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Shundan keyin nemislar hujumga zo‘r berdi. Qator urinishlar 83-daqiqada o‘z samarasini berdi: Niklas Fyullkrug muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Ushbu natijadan keyin Ispaniya 4 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Yaponiya va Kosta-Rika hisobida 3 ochkodan bor. Germaniya esa 1 ochko bilan hozircha so‘nggi o‘rinda bormoqda.

So‘nggi turda Germaniya terma jamoasi Kosta-Rika bilan o‘ynasa, Ispaniya Yaponiyaga qarshi to‘p suradi.

JCH—2022

2-tur bahsi

27-noyabr, yakshanba

Ispaniya — Germaniya 1:1

Gollar: 1:0 – 62 Morata, 1:1 – 83 Fyullkrug.

Ispaniya: Unai Simon, Karvaxal, Lyaport, Rodri, Alba (Balde, 82), Buskets, Pedri, Gavi (Uilyams, 66), Olmo, Asensio (Koke, 66), Ferran Torres (Morata, 54).

Germaniya: Noyer, Kerer (Klostermann, 70), Ryudiger, Zyule, Raum (Shlotterbek, 87), Gundo‘g‘an (Sane, 70), Goretska, Kimmix, Myuller (Fyullkrug, 70), Gnabri (Hofmann, 85), Musiala.

Ogohlantirishlar: Kerer (37), Buskets (44), Goretska (58), Kimmix (60).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj