Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyning bir qator shaharlarida hukumat tomonidan joriy etilgan COVID-19 cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Xususan, Shanxayda 27-noyabrga o‘tar kechasi 300 ga yaqin odam norozilik namoyishiga yig‘ilgan. Politsiya olomonni tarqatish uchun gaz ballonlaridan foydalangan.

Shu bilan birga, AP ko‘plab namoyishlar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlash imkonsizligini, norozilik aksiyalari haqidagi xabarlar esa ijtimoiy tarmoqlardan tezda o‘chirilayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududi ma’muriyati markaziy shahar Urumchining ayrim hududlarida karantinni bekor qilgandi. Ushbu qaror oldidan fuqarolar avgust oyidan beri davom etayotgan izolyatsiyalash rejimiga qarshi namoyishlar o‘tkazgan. Shu bilan birga, 27-noyabr kuni shifokorlar Shinjon-Uyg‘urda 1000 ga yaqin yangi COVID-19 holatlari aniqlangani, ulardan 114 tasi Urumchida qayd etilgani haqida xabar qildi.

Xitoyda COVID-19 ga nisbatan “nol bardoshlik” siyosati mavjud. Bu shuni anglatadiki, virus tarqalishini cheklash maqsadida lokdaunlardan tashqari kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlar uchun majburiy karantin choralari ham ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, noyabr oyi boshida mamlakat hukumati chora-tadbirlar biroz yumshatilgani, xususan, mamlakatga kelganlar uchun o‘zini izolyatsiya qilish muddati qisqartirilganini e’lon qildi.

COVID-19 bilan kasallanganlar sonining qayta ko‘payishi fonida Xitoyning bir qator provinsiyalari hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi kurash choralarini kuchaytirdi. Pekinda maktablar ishlamayapti; poytaxtga kirish uchun 28 soatdan kamroq vaqt ichida o‘tkazilgan PZR testining manfiy natijasini taqdim etish kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi