Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yakunlangan haftada O‘zbekistondagi vazirliklardan birining buyurtmasi asosida 8,4 milliard so‘mga yangi sayt yaratilgani-yu, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning uyidan qochgan ayolni o‘g‘irlashi, shuningdek sotuvga qo‘yilgan onkologiya kasalliklari o‘rnidagi yangi kompleks qurilishi yopiq qaror asosida tadbirkorga berib yuborilgani jamoatchilik e’tiborini tortdi. “Daryo” haftaning eng shov-shuvli voqealarini esga olishda davom etadi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi agentlik 8,4 milliard so‘m sarflab, yangi sayt yaratdi.

Foto: Skrinshot
“Daryo” mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida 8,4 milliard so‘mga ega chiqqan Realsoft MCHJ mas’ullari bilan suhbatlashdi.
Bu shunchaki axborot beruvchi sayt emas. Bu — katta platforma. Mazkur platformani yaratishda 45 nafar mutaxassis olti oy davomida mehnat qilgan. Ayni kunda ham platformadagi kamchiliklarni bartaraf etish, to‘ldirish ishlari davom etmoqda, — dedi mazkur MCHJ direktori o‘rinbosari Hayotbek Nasrullayev.
Hayotbek Nasrullayevning qo‘shimcha qilishicha, bu platformani yaratish haqida prezident qarorida ham so‘z borgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish va baholab borish imkonini beruvchi hamda tegishli vazirlik hamda idoralar ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan “Onlayn mahalla” elektron platformasini ishga tushirish kerakligi haqida topshiriq berilgan, — deydi u.

Foto: Skrinshot

MCHJ mas’ulining aytishicha, ular bu mehnati uchun ayni paytda aytilayotgan 8,4 milliard so‘mdan ham katta mablag‘ so‘ragan. Ammo vazirlik mas’ullari shuni tasdiqlashgan.

Axborot beruvchi saytlarga ko‘pi bilan 200—300 million so‘m bersangiz, keragidan ortiq to‘lagan bo‘lasiz. Misol uchun, “Mening fikrim” portali esingizdami? Shu platforma yaratilishiga va bir necha yillik texnik yordam uchun 2 milliard so‘m ajratilgan edi. Lekin bu platformaning vazifalari juda ko‘p. Platforma oddiy axborot beruvchi saytlardek emas, — degandi bu mavzu haqida fikr bildirgan mutaxassislardan biri.
Mazkur haftada shuningdek, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning uyidan qochgan ayolni majburiy tarzda uyiga qaytarishga urinishi ko‘pchilikni sergaklantirdi. Toshkentdagi kameralarning biriga tushib qolgan videoni ko‘rgan jamoatchilik dastlab, Toshkentda ikki erkak ko‘chada ketayotgan qizni kuch ishlatib, mashinaga o‘tkazib olib ketdi, degan tushunchaga bordi. Keyinchalik ayolni majburan mashinaga o‘tqazib, olib ketgan fuqarolar uning eri va qaynotasi ekani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi

Hodisa 2022-yilning 24-noyabr kuni Uchtepa tumani 22-mavzedagi ko‘p qavatli uylar oldida sodir bo‘lgan. 1992-yilda tug‘ilgan erkak otasi bilan birga Tracker avtomashinasiga 22 yoshli turmush o‘rtog‘ini o‘tqazib, noma’lum tomonga olib ketgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ayol qonuniy turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiligi sababli bir nafar farzandini turmush o‘rtog‘ida qoldirib, uydan chiqib, Toshkent shahriga ketib qolgan. Uni turmush o‘rtog‘i qidirib, yuqoridagi manzildan topgan hamda Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi o‘zining uyiga olib borgan.

Holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan er va qaynotaga nisbatan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. Shundan so‘ng eri va qaynotasi tomonidan majburan mashinada olib ketilgan ayolga himoya orderi berildi.

Foto: Koson tumani hokimligi matbuot xizmati

Yakunlanayotgan haftada Respublika Onkologiya markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallarini yagona unikal kompleksga birlashtirib, yangi bino qurish ishlari Vazirlar Mahkamasining yopiq qarori asosida Mimar Group mas’uliyati cheklangan jamiyatiga berilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Amrillo Inoyatov mazkur masala yuzasidan bo‘lib o‘tgan press-turda ma’lum qilgan.

Amrillo Inoyatov.

Amrillo Inoyatov.
Foto: “Daryo

Sog‘liqni saqlash vazirligi avvalroq kompleks bino 8 qavatdan iborat bo‘lib, 650 o‘rin statsionar va 100 o‘rin kunduzgi statsionar davolanuvchilar uchun mo‘ljallanganini bildirgandi.

“Daryo” muxbirining aniqlashtirishicha, mazkur kompleks qurilishiga 600 milliard so‘m sarflanishi aytilmoqda. Avvalroq vazirlik Onkologiya tizimini, jumladan, ushbu kompleksni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlashga 80 million dollar mablag‘ ajratilayotganini ochiqlagandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yangi onkologiya markazi qurilishi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqdagi xabarlarga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ham munosabat bildirgandi.

Agentlik xabarlarda keltirilgan obyektlarning yer maydoni 3-4 ming dollarlik boshlang‘ich bahoda sotuvga qo‘yilgan degan vajlarni mutlaqo asossiz dedi va ushbu mulkiy majmualar qonunchilikda belgilangan tartibda mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanganini bildirdi.

Ushbu baholash hisobotlari yuzasidan ekspert xulosalar olingan bo‘lib, obyektlarning tegishliligi bo‘yicha 1 sotix yer maydonining boshlang‘ich bahosi 300-345 mln so‘m (27-31 ming dollar)ga teng kelmoqda. Onkologiya markazining yangi barpo etilayotgan yagona unikal kompleksi 2023 yilning may oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.

Fotokollaj: “Daryo”

Ushbu haftada shuningdek joylarda faoliyat yurituvchi hokimlar va boshqarma boshliqlari harbiy kiyimlarda ko‘rinish berdi. “Daryo” nashrining Qoraqalpog‘istondagi muxbiri harbiy kiyimlardagi hokimlar suratini to‘pladi va rahbarlarning harbiy xizmatidan reportaj tayyorladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)
Mahalliy
Angrenda 19 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi