Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda ikki erkak bir ayolni kuch ishlatib mashinaga o‘tqazib, olib ketgani aks etgan videolavha tarqalib, ular ayolning eri va qaynotasi ekani aniqlangandi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Voqea 24-noyabr kuni Uchtepa tumani 22-mavzesidagi ko‘p qavatli uylar oldida sodir bo‘lgan. D.SH. ismli fuqaro (1992-yilda tug‘ilgan) otasi 1963-yilda tug‘ilgan X.M. bilan birga Tracker avtomashinasiga turmush o‘rtog‘i M.A. (2000-yilda tug‘ilgan)ni o‘tqazib, noma’lum tomonga olib ketgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida M.A. qonuniy turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiligi sababli bir nafar farzandini turmush o‘rtog‘ida qoldirib, uydan chiqib, Toshkent shahriga ketib qolgani aniqlangan. Uni turmush o‘rtog‘i D.SH. qidirib, yuqoridagi manzildan topgan hamda Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi o‘zining uyiga olib borgan.

Holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam o‘g‘rilash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh

Bahtiyor Islombekov

25 noyabr, 11:03

Неонацистларга карши террорчилар жанг киляптими шунда?! :)
ЛГТБ тарафдорлари билан ЛБТГ га карши булганлар жанг киляптими шунда?! :)

Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi