Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH—2022 2-turi doirasida Meksikaga qarshi kechgan bahsda (2:0) maydonga tushdi va gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Messi Jahon Chempionatlaridagi 21-o‘yinida ishtirok etdi. Bu borada Leo Diyego Maradonaning rekordini takrorladi. Hech qaysi futbolchi Argentina terma jamoasida mundiallarda 21 tadan ortiq o‘yin o‘tkazmagan.

Lionel mundiallardagi 8-golini urdi. Bu borada futbolchi Maradona va Krishtianu Ronalduga yetib oldi. Rekordchi Miroslav Kloze hisobida 16 ta gol bor.

Argentinaning qatorasiga 6 o‘yinidan beri gol urayotgan Messi terma jamoa safidagi umumiy gollari sonini 93 taga yetkazib oldi. Bu borada faqat Krishtianu Ronaldu (118 ta) va Ali Dayi (109 ta) undan oldinda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?
Mahalliy
Nukusda gaz portlagan uy vayronalari ostidan 5 yoshli qizaloq qutqarildi, bir kishining jasadi topildi 
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar