Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCH—2022 2-turida Xorvatiya va Kanada terma jamoalari 27-noyabr, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Kollaj: “Daryo” / Foto: Getty Images

Kollaj: “Daryo” / Foto: Getty Images

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq kanadaliklar Alfonso Devisning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga Xorvatiya tanaffusga qadar Andrey Kramarich va Marko Livayaning gollari bilan javob qaytardi.

70-daqiqada Kramarich dublni rasmiylashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Lovro Mayer yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:1.

Xorvatiya ochkolarini 4 taga yetkazib oldi va Marokash (4) bilan birga peshqadamlik qilmoqda. Belgiya 3 ochkoga ega, Kanada esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qolmoqda.

Shu tariqa Kanada terma jamoasi pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi.

JCH—2022

2-tur bahsi

27-noyabr, yakshanba

Xorvatiya — Kanada 4:1

Gollar: 0:1 – 2 Devis, 1:1 – 36 Kramarich, 2:1 – 44 Livaya, 3:1 – 70 Kramarich , 4:1 – 90+4 Mayer.

Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa, Modrich (Pashalich, 86), Kovachich (Mayer, 86), Brozovich, Perishich (Orshich, 86), Kramarich (Vlashich, 73), Livaya (Petkovich, 60).

Kanada: Boryan, Jonston, Vitoriya, Miller, Lareyya (Hoylett, 62), Hatchinson (Adekugbe, 73), Eushtakiu (Kone, 46), Byukenen, Larin (Osorio, 46), Devid (Kavallini, 72), Devis.

Ogohlantirishlar: Byukenen (52), Lovren (56), Modrich (85), Miller (85).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj