Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eron parlamenti mamlakatning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) qo‘shilishi haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Parlamentning ochiq majlisida Eron hukumatining SHHTga a’zo bo‘lishi haqidagi qonun loyihasi bo‘yicha Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat komissiyasining hisoboti ko‘rib chiqildi. Islom kengashi vakillari SHHTga kirishni ma’qulladi, deb xabar bermoqda Tasnim. Hujjatni qabul qilish uchun 205 nafar deputat ovoz bergan.

Foto: “Novosti Armenii”

Foto: “Novosti Armenii”

“Kelgusida tashkilotning majburiy hujjatlari ham konstitutsiyaga muvofiq parlamentda ko‘rib chiqiladi”, — dedi parlamentning milliy xavfsizlik komissiyasi matbuot kotibi Abolfazl Amui. Uning tushuntirishicha, Eron SHHTga a’zo bo‘lish uchun tashkilot yaratilganidan buyon unda tasdiqlangan hujjatlarni tan olishi kerak.

SHHT 2001-yil 15-iyunda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Keyin Hindiston va Pokiston SHHTga qo‘shildi.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 2022-yilgi sammiti 15—16-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon bo‘lgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy tashkilotdagi majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandumni imzolagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi