Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinasida taksichilik qilgani aytilmoqda (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda “Radar moslamasi bilan jihozlangan Cobalt haydovchisi taksi faoliyati bilan shug‘ullanmoqda” izohi bilan video tarqaldi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, holat 2022-yil 1-sentabr kuni Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumani hududidan o‘tuvchi 4N-115 Bostan–To‘rtko‘l avtomobil yo‘lida xizmat olib borgan YPX xodimi M.Mahmudov bilan bog‘liq hisoblanadi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston IIV JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
- Farg‘onada yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi 540 ming so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi
- Farg‘onada yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi 150 ming so‘m jarimaga tortildi
- Farg‘onada pora olgani aytilayotgan YPX inspektorining qochayotgani kuzatuv kameralariga tushib qoldi (video)
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar