O‘zbekiston 10 oyda xorijdan 80,5 mln dollarlik sement import qildi
2022-yilning yanvar—oktabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 80,5 million dollarga teng bo‘lgan 1,9 million tonna sement import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 401,7 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 10 oyida oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar quyidagicha:
- Tojikiston – 841,8 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 575,3 ming tonna;
- Qozog‘iston – 508,5 ming tonna;
- Eron – 15,2 ming tonna;
- Turkmaniston – 11,6 ming tonna;
- Xitoy – 1,4 ming tonna;
- Rossiya – 1,1 ming tonna.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar