Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning yangi “Magadan” dizel-elektr suvosti kemasi Yapon dengizi akvatoriyasidan dengiz va qirg‘oqdagi nishonlarga qarata “Kalibr” qanotli raketalarni uchirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, jangovar mashqlarni bajarishdan avval suvosti kemasi belgilangan hududga yashirincha kirib, u yerdan nishon pozitsiyalariga raketa zarbalari bergan.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa zarbasining amalga oshirilishini Tinch okeani flotining kemalari, samolyotlari va uchuvchisiz uchar qurilmalari ta’minlagan.

“Birinchi raketa bilan dengizdagi nishon — shartli dushmanning suvusti kemasiga imitatsiya qiluvchi qalqon nishonga zarba berildi”, — deb xabar berdi harbiylar.

“Ikkinchi raketa Xabarov o‘lkasidagi Syurkum taktik dalasida joylashgan qirg‘oqdagi nishonga borib tegdi. U 1000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi”, — deyiladi xabarda.

“Kalibr” qanotli raketalari bilan jihozlangan “Magadan” suvosti kemasi 9-oktabr kuni Tinch okeani floti bazasiga, Vladivostokka yetib kelgan edi.

2021-yil oktabrida u Rossiya Harbiy-dengiz floti jangovar tarkibiga kiritilgan va unga Andreyev bayrog‘i o‘rnatilgan edi.

“Magadan” — Tinch okeani floti uchun 636.3 loyihasi doirasida seriyadagi uchinchi suvosti kemasi.

Suvosti kemalarining ushbu seriyasini qurish bo‘yicha shartnoma 2016-yil sentabrida imzolangan. Birinchi kema — “Petropavlovsk-Kamchatskiy” Rossiya HDFga 2019-yil 25-noyabrda berilgan. Seriyadagi ikkinchi “Volxov” suvosti kemasi flot tarkibiga 2020-yil 24-oktabrda kirgan.

636.3 loyihasi suvosti kemalari “Kalibr” qanotli raketalari bilan jihozlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)