Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyat o‘rganildi. O‘zgarishlar “Daryo” va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tahlil qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mutaxassislari tahliliga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekiston avtomobil bozorida oktabr oyida sezilarli pasayish kuzatildi. Shunga qaramay, faollik darajasida o‘sish tendensiyasi saqlanib qoldi.

Xususan, ikkilamchi avtomobil bozorida sotuvlarning pasayishi birlamchi bozorga qaraganda kamroq keskinlashgan.

Oktabr oyida sotilgan avtotransport vositalarining umumiy soni 112,7 mingtani tashkil etdi, bu sentabr oyiga nisbatan 8 foizga kamdir.

Ro‘yxatga va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni o‘zgarishi:

Foto: Review

Foto: Review

Yil boshidan buyon 1,2 mln dona avtomobil sotildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar (+604 ming) ko‘pdir.

Oktabr oyida birlamchi bozorda (yangi) avtotransport vositalari savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 foizga oshdi. Shu bilan birga, joriy yilning sentabr oyiga nisbatan sotuvlarda sezilarli pasayish kuzatildi.

O‘zbekistonda 9 oyda qancha avtomobil davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi

2022-yilning yanvar—sentabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yangi yengil avtotransport vositalari soni ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan beri O‘zbekistonda 222 794 ta avtomobil ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Shundan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar ulushi 94,4 foizni tashkil etdi. Bu 210 419 dona avtomobilga teng.

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtomobillar orasida xorijda ishlab chiqarilganlari esa 5,6 foiz bilan 12 375 dona bo‘ldi.

Mamlakat bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yangi avtotransport vositalarining eng katta ulushi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda jamiga nisbatan 30,1 foiz yoki 67 161 dona avtomobil ro‘yxatdan o‘tgan.

Mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi ulushi:

Foto: Review

Foto: Review

Mahalliy (yangi) avtomobillarning birlamchi bozori

Oktabr oyida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 33 foizga pasayib 17 mingtani tashkil etdi, bunda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar atigi 1,5 foizga oshgan.

Birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozori (2021—2022):

Foto: Review

Foto: Review

Ikkilamchi (eski) avtomobil bozori

Oktabr oyida ikkilamchi bozorda avtomobil sotuvlar joriy yilning sentabr oyiga nisbatan 1,4 foizga (91,7 mingta avtomobil) kamaydi.

Xorijiy (yangi) avtomobillarning birlamchi bozori

Joriy yilning oktabr oyida xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar sotuvi soni 1,7 mingtani tashkil etdi va oyiga 8,5 foizga pasaydi. Shu bilan birga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foizga o‘sish kuzatildi.

O‘zbekistonda yil boshidan beri qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 10 oyda jami 263 488 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ushbu davrda eng ko‘p Cobalt avtomobili yig‘ilgan — 81 311 dona. O‘tgan oyda bu ko‘rsatkich 69 816 donaga teng bo‘lgan.

Gentra yil boshidan beri eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turibdi. Sentabrga nisbatan bu ko‘rsatkich 8 247 taga oshgan — 72 321 dona.

Yanvardan beri O‘zbekistonda yig‘ilayotgan eng ko‘p avtomobillar reytingida Damas uchinchi o‘rinni egalladi — 59 164 dona. O‘tgan oyda bu 52 673 dona edi.

Avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Nexia T-250 (19 301 dona), Spark (12 445 dona), Tracker (2 120 dona), Volkswagen Caddy (423 dona) va maxsus yengil avtomobillar (16 403 dona) joylashgan.

O‘zbekiston avtomobillarni sotishdan ko‘ra ko‘proq sotib olishda davom etmoqda

“Daryo” tahliliga ko‘ra, 2022-yilning yanvar—oktabr oylarida O‘zbekiston 635,7 million dollarga teng bo‘lgan 25 048 ta yengil avtomobil import qilgan.

Natijada 10 oydan buyon avtomobillar importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 896 taga oshgan.

Shu bilan birga, oktabr oyida mashina importi hajmi o‘tgan oyga nisbatan oshib, 71,6 million dollarga yetgan. Sentabr oyida bu 52,5 million dollarga, avgust oyida 50,7 million dollarga, iyulda esa 65 million dollarga teng edi.

Taqqoslash uchun, yanvarda avtomobillar importi 65,7 mln fevralda 58,8 mln martda 64,8 mln aprelda 91,1 mln mayda 40,1 va iyunda 75,4 mln dollarni tashkil qilgan.

Yil boshidan beri O‘zbekiston avtomobil eksporti hajmi 282,9 mln dollarni tashkil etdi.

Shunday qilib, 9 oy yakuni bo‘yicha avtomobil importi eksportdan 316,3 million dollar — 2,2 martaga oshgan.

Shu tariqa O‘zbekiston avtomobillarni sotishdan ko‘ra ko‘proq sotib olishda davom etmoqda.

O‘zbekistonga eng ko‘p “inomarka”lar qayerdan olib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi

2022-yilning yanvar—oktabr oylarida O‘zbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar—sentabr oylarida 25 ta davlatdan yengil avtomobillar olib kelingan.

10 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p Xitoydan import qilgan — 9 332 ta.

Birgina oktabr oyida mamlakatdan 650 ta avtomobil olib kelingan. Yanvar—sentabr oylarida bu ko‘rsatkich 8 682 taga teng bo‘lgan.

O‘zbekiston yil boshidan beri eng ko‘p avtomobil import qilgan davlatlar ro‘yxatida Koreya ikkinchi o‘rinda joylashgan. 10 oy mobaynida mamlakatdan 7 600 ta mashina olib kelingan. Oktabr oyining o‘zida 483 ta avtomobil import qilingan.

Uchinchi o‘rinda 5 717 ta avtomobil import qilingan Qozog‘iston turibdi. Yanvar—sentabr oylarida mamlakatdan 4 431 ta avtomobil import qilingan. Oktabr oyida esa bu ko‘rsatkich keskin oshgan — 1 286 ta avtomobil.

Dastlabki 10 oy davomida O‘zbekiston avtomobil import qilgan davlatlar ro‘yxatida Rossiya to‘rtinchi o‘rinda — 1 443 ta. Oktabr oyida mamlakatdan 25 ta mashina olib kelingan.

Beshinchi o‘rinda esa 475 ta avtomobil bilan AQSH joylashgan. O‘tgan oyda mamlakatdan 116 ta yengil avtomobil olib kelingan.

O‘zbekiston avtomobil import qilgan davlat ro‘yxatidagi keyingi o‘rinlarda BAA (127 ta), Yaponiya (122 ta) va Germaniya (111 ta) joylashgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi