Twitter kompaniyasi Bryusseldagi ofisini tarqatib yubordi, bu esa Yevropa Ittifoqi (YI) mamlakatlarida kibermakondagi xavfsizlik borasida xavotirlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Bryusseldagi ofis rahbarlari shu oy boshida kompaniyani ommaviy ishdan bo‘shatish paytida tark etgan.
Qisqartirishlar Yevropa Ittifoqi tomonidan onlayn kontentni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan mahalliy qonunlarni qo‘llash uchun xodimlarning yetarliligi borasida xavotirning kuchayishiga olib keldi. Ushbu majburiyatlarga rioya qilmaslik qonuniy choralar ko‘rish va tartibga solishga olib kelishi mumkin.
Yevropada shunday ko‘p sonli Twitter xodimlarining ishdan bo‘shatilishi haqidagi xabar meni xavotirga solmoqda. Yevropa Ittifoqi qonunlari va majburiyatlarini bajaring, — deydi Yevropa Komissiyasi xodimi Vera Yurova.
27-oktabr kuni Ilon Mask Twitter’ni sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik kelishuvni yakunladi. 31-oktabr kuni AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan hujjatlarga ko‘ra, milliarder direktorlar kengashini tarqatib yubormoqchi.
Kompaniya sotib olingandan so‘ng darhol Mask rahbariyatning bir qator a’zolarini ishdan bo‘shatdi va bir muncha vaqt o‘tgach, xodimlarni deyarli yarmiga qisqartirdi.
Izoh (0)