Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni vaqtda Navoiy shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Davlat rahbari odamlar bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘zining kundalik hayotida his qila boshlashi kerakligini aytdi.

“Birgina misol, Navoiyda oxirgi uch yilda 2 milliard dollarlik yirik sanoat loyihalari ishga tushdi. Buning natijasida 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi, yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m soliq tushumi va 100 million dollar eksport paydo bo‘ldi. Yaqinda, ishga tushgan “Balpan-tog‘” va “Tomdi-buloq” konlaridan yiliga 3 million tonnadan oltinga boy ma’dan qazib olinadi”, — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev aytishicha, “Navoiy kon metallurgiya kombinati”da “Turbay koni”ni kengaytirish bo‘yicha 130 million dollarlik loyiha ishga tushirish arafasida turibdi.

““Pistali koni”da oltinni qayta ishlash bo‘yicha 275 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda (60 foiz ish bajarilgan). Karmanada 35 million dollarlik kaliy nitrat ishlab chiqarish loyihasi, Qiziltepada 10 million dollarlik qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi hamda Tomdida 70 million dollarlik fosforit ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. 2023-yilda 140 million dollarlik kaliy sulfat, poliakril tola, quruq sianit tuzi chiqarish kabi loyihalar ishga tushadi”, — deydi davlat rahbari

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)