Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 1—13-noyabr kunlari bozorlarda qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari haqida ma’lumot berildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ushbu davr mobaynida bozorda kivi 6 ming so‘mga, uzum 1,5 ming so‘mga, guruch (lazer) ming so‘mga arzonlagan.

Shuningdek, sarimsoq piyoz 4 250 so‘mga, banan va mandarin 2,5 ming so‘mga, no‘xat 2 ming so‘mga, pomidor 1,5 ming so‘mga, bodring 750 so‘mga, baqlajon 600 so‘mga, sabzi (qizil) 500 so‘mga, kartoshka, karam, sabzi (sariq) 250 so‘mga oshgan.

Joriy yilning 1—13-noyabr kunlari, umumiy qiymati 124,9 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 70,2 mln dollar ko‘p) jami 177,2 ming tonna (103,2 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Mazkur davrda quyidagi mahsulotlar tashqi bozorlarga yetkazib berilgan:

  • 46,3 ming tonna uzum;
  • 26 ming tonna xurmo;
  • 21,7 ming tonna mosh;
  • 14 ming tonna loviya;
  • 11,6 ming tonna piyoz;
  • 6 ming tonna quritilgan meva;
  • 4,7 ming tonna turp;
  • 4,6 ming tonnadan mayiz va pomidor;
  • 3,5 ming tonna ko‘k piyoz;
  • 3,2 ming tonnadan ko‘kat va yeryong‘oq.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 16,6 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,4 ming dollar ko‘p) qiymatidagi jami 77,7 ming tonna (36,7 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 57,3 ming tonna kartoshka, 13,9 ming tonna banan, 847 tonna mandarin, 508,2 tonna kivi hamda 571,2 tonna apelsin import qilingan.

“Qo‘yliq” bozoriga hududlardan jami 10 ming tonna, xususan, 5,2 ming tonna kartoshka, 3,5 ming tonna piyoz, 295 tonna karam va 986 tonna sabzi keltirilgan.

Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:

  • Samarqanddan 871 tonna, Toshkent viloyatidan 532 tonna kartoshka;
  • Jizzaxdan 1 280 tonna, Samarqanddan 1 224 tonna va Toshkent viloyatidan 1 042 tonna piyoz;
  • Toshkent viloyatidan 295 tonna karam;
  • Qashqadaryodan 482 tonna, Buxorodan 212 tonna, Toshkentdan 177 tonna, Surxondaryodan 87 tonna va
  • Farg‘onadan 28 tonna sabzi yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘istondan 3 164 tonna, Qirg‘izistondan 552 tonna va Pokistondan 57 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga jami 187,2 tonna, shu jumladan, 170,5 tonna mol go‘shti va 16,7 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi