Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2019-yil avgust oyida BAFTA mukofotiga sazovor bo‘lgan rejissor Dominik Savaj “Men borman” (“I am”) nomli g‘ayrioddiy dramatik serial-antologiyani suratga oldi. Undagi har bir yangi epizod aslida qahramon nomi bilan atalgan alohida badiiy filmdir. Ilk qismda Vikki Makklyur “Men Nikolayman”, undan keyin Samanta Morton “Men Kirstiman”, Jemma Chan “Men Xannaman”, Syuran Jons “Men Viktoriyaman”, Letisha Rayt “Men Daniyelman” va Lesli Menvil “Men Meriman” filmlarida rol o‘ynagan, deb yozadi Elle.

Foto: Elle

Foto: Elle

Navbat “Men Rutman” filmiga yetib keldi, rejissor o‘zining g‘ayrioddiy kastingi tufayli buni antologiyaning eng shov-shuvli qismi bo‘lishni va’da qilmoqda. Serialning to‘liq metrajli epizodida bosh rolni ssenariy muallifi hamda “Oskar” mukofoti sovrindori Keyt Uinslet ijro etadi. Kartinaning markazida mehribon va g‘amxo‘r ona o‘smir qizining ijtimoiy tarmoqlar bosimi ostida o‘zidan uzoqlashayotganiga guvoh bo‘ladi. Eng qizig‘i shundaki, bu safar qahramonning qizi rolini uning haqiqiy qizi Mia Tripleton o‘ynaydi.

Drama zamonamizning yoshlarga ta’sir etayotgan ruhiy salomatlik bilan bog‘liq inqirozi haqidagi hikoya sifatida ta’riflanadi va ona hamda qiz o‘rtasidagi tobora keskinlashib borayotgan munosabatlarning haqiqiy va ishonchli tasvirini taklif qilmoqda.

Foto: Elle

Foto: Elle

“Dominik Sevaj boshchiligidagi ‘Men borman’ filmining har bir epizodini yaratish va suratga olishdagi hamkorlik va sezgir yondashuvi nihoyatda hayajonli, — deydi Uinslet. — Aktyorlar butunlay uning qahramonlariga aylanadi va bu yerda o‘zini ko‘rsatishga o‘rin yo‘q. Bunday ish muhiti va unga to‘liq sho‘ng‘ish uchun har qanday aktyor ko‘p narsa beradi. Qo‘limni yuragimga qo‘yib, ishonch bilan ayta olamanki, ushbu hikoyani yaratishda o‘rgangan narsalarimizni hech qachon unutmayman. Shuning uchun ham doimo ishlashga intilaman. Dominik Sevaj bilan ishlash imtiyoz va ilhom manbayi. U shunchaki boshqalarga o‘xshamaydi”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi