Telegram’dagi “Ekologuz” kanalining yozishicha, tog‘ qo‘riqxonalari va milliy tabiat bog‘larida muhofaza ostiga olingan tasqara qushi otib o‘ldirilgan.
Ma’lumot uchun, tasqara O‘zbekiston Qizil kitobiga ham kiritilgan bo‘lib, uni ovlash taqiqlangan.
Bu holat qachon va qayerda bo‘lgani haqida to‘liq ma’lumot yo‘q. Ammo qilingan jinoyat uchun javob berishning erta-kechi bo‘lmaydi. O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda Ichki ishlar vazirligidan shaxslarning kimligiga oydinlik kiritib, holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirishlarini so‘raymiz, — deyiladi xabarda.Mavzuga doir: