Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘onada akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari va mahalliy shifokorlar hamkorligida rishtonlik 24 yoshli bemor M.A.ga 48 yoshli onasi M.A.ning bir buyragi ko‘chirib o‘tkazildi.

Foto: SSV

Foto: SSV

Poytaxtdan kelgan malakali jarroh, tibbiyot fanlari doktori, professor Fazliddin Faxriddinov boshchiligida bajarilgan mazkur amaliyot qariyb 3 soat davom etdi.

Bemor bir necha yildan buyon yuqori qon bosimi, ishtaha pasayishi, peshob yo‘lidagi xastaliklardan jiddiy aziyat chekib kelgan. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida unga surunkali glomerulonefrit va ikkilamchi buyrak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Ayni vaqtga kelib, tashxis terminal bosqichga o‘tgani sababli uni hayotga qaytarishning yagona usuli sifatida buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti tavsiya etilgan.

Shu bois donorlik uchun bemorning barcha oila a’zolari tahlil natijalari olinib, onasi M.A.ning ko‘rsatkichlari donorlik uchun mos keldi. Bir yillik tayyorgarlikdan so‘ng ushbu amaliyot muvaffaqiyatli bajarildi, — deydi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Odil Umarov.

Foto: SSV

Foto: SSV

Xuddi shanday amaliyot Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida ham o‘tkazildi. Kosonlik 45 yoshli bemor ayol X.H. 13 yildan buyon surunkali glomerulonefrit kasalligidan aziyat chekib kelgan. Sakkiz oydan buyon gemodializ muolajalarini olib kelayotgan bemorga turmush o‘rtog‘i bir buyragini berdi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi xirurgiya bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori, professor Farhod Xadjibayev rahbarligidagi guruh va mahalliy mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan operatsiya muvaffaqiyatli bajarildi. Qashqadaryo viloyatida ilk buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti mart oyida bajarilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov