Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

 

Kapital bozorlari kuni TBC Bank tomonidan har yili yoki ikki yilda bir marta o‘tkaziladi va investor hamda tahlilchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir davomida yuqori rahbariyatning taqdimotlari, shuningdek, kompaniyaning strategik ustuvor yo‘nalishlari, moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlari ishtirokchilar e’tiboriga havola etiladi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston bozorining TBC Bank strategiyasidagi muhim o‘rnini namoyon qilish.

Kapital bozorlari kunida TBC Bank rahbariyati quyidagi mavzular bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar bilan bo‘lishadi: bank faoliyatining natijalari va strategik ustuvor yo‘nalishlari, Gruziya va O‘zbekistonning moliyaviy hamda makroekonomik sharhi, kompaniyaning texnologik va raqamli nuqtasi, raqamli ekotizim, xalqaro bozorlarga chiqish, O‘zbekistondagi operatsion faoliyat va h.k. Tadbirning maxsus spikeri – Gruziya milliy banki prezidenti – o‘z mamlakatining bank sektori tahlilini taqdim etadi.

TBC Bank Group PLC 2019-yil Payme yetakchi to‘lov servisi aksiyalarining nazorat paketini xarid qilgan va Space innovatsion fintex-platformasi asosida chakana xizmatlar ko‘rsatuvchi ilk raqamli bankni ishga tushirgan holda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlagan. Uch yil davomida TBC UZ ilovasini 3 mlndan ortiq kishi yuklab oldi va 2 mlndan ko‘proq chakana foydalanuvchilar unda ro‘yxatdan o‘tdi.

Tadbir TBC Bank’ning www.tbcbankgroup.com veb-saytida onlayn namoyish etiladi. Taqdimotlar bilan Investor Relations veb-saytining “Result Center” bo‘limida tanishish mumkin bo‘ladi.

TBC Bank Group PLC (“TBC PLC”) haqida

TBC Bank Group PLC (“TBC PLC”) Angliya va Uelsda ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyat hisoblanadi. TBC PLC esa TBC Bank AJning (“TBC Bank”) shu’ba korxonasi va asosan Gruziyaning moliya va u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar guruhi sanaladi. TBC PLC, shuningdek, O‘zbekistonda ham o‘z faoliyatini kengaytirmoqda. Kompaniya London fond birjasida “TBCG” indeksi ostida qimmatga ega va “FTSE 250” indeksidan joy olgan. Shuningdek, u “FTSE4Good” indekslari seriyasi va “MSCI United Kingdom Small Cap” indeksi a’zosi.

Gruziya milliy banki tomonidan chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning 30-iyuni holati bo‘yicha, TBC Bank o‘zining shu’ba kompaniyalari bilan birga 39,1 foiz mijozlar krediti va 40,7 foiz mijozlar depoziti bilan Gruziyada yetakchi universal guruh hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat