Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi Abu-Dabi va Toshkentni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, birinchi yo‘lovchi reysini amalga oshirish 2023-yil 25-yanvarga belgilangan. Parvozlar Airbus A320 va A321 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

13 dekabrdan boshlab Wizz Air Samarqand aeroportiga haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

“O‘zaviatsiya” agentligi bergan ma'lumotga ko‘ra,  O‘zbekiston hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida 30-avgustda ushbu aviakompaniyaga Abu Dabi—Toshkent —Abu Dabi yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ekspluatatsion ruxsatnomasi berilgandi.

Wizz Air — Vengriyaning arzon aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Vengriya poytaxti, Budapeshtda joylashgan. O‘zbekiston Wizz Air loukasterini 2019-yildan buyon chorlab kelmoqda. 2021-yil sentabr oyida aviakompaniya Budapeshtdan Toshkent, Buxoro va Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekani xabar qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)