Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi 6-turi doirasida kechgan “Yuventus”ga qarshi o‘yinda (2:1) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bu fransiyalik futbolchi uchun musobaqadagi 40-gol bo‘ldi. Kilian ushbu natijaga erishgan Chempionlar Ligasidagi eng yosh futbolchiga aylandi. Mbappe o‘yin kuni 23 yosh-u 10 oy va 13 kunlik edi.

Kilian bu borada jamoadoshi Lionel Messining rekordini yangiladi. Argentinalik futbolchi “Barselona” safida 24 yosh-u 4 oy va 8 kunlik vaqtida musobaqadagi 40-golini urgandi.

Messi o‘zining 40-to‘pini 2011-yilning 1-noyabr kuni kiritgandi. Mbappe esa oradan roppa-rosa 11 yil o‘tib, 2022-yilning 2-noyabr kuni ushbu dovonni zabt etdi.

Mbappe joriy mavsum Parij jamoasi safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol va 5 ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Qatarlik investorlar “Manchester Yunayted”ni sotib olishga jiddiy kirishgan. Bu ularga 8 mlrd funtdan ko‘proqqa tushishi mumkin
Dunyo
Kim Chen In qizi va rafiqasi bilan armiya komandirlarining qarorgohiga tashrif buyurdi (foto)
Mahalliy
BMT Termizdan Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi