Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH quruqlikdagi qo‘shinlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni o‘rinbosari general-mayor Vendul Xagler O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiyalar qo‘shinlariga 50 dona Polaris MRZR yengil-taktik jangovar avtomobillarini topshirdi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Mudofaa vazirligi Maxsus tezkor qo‘shinlar boshqarmasi boshlig‘i maxsus tezkor qo‘shinlar nomidan texnikalarni qabul qilib olgan. Marosimda vazirlik Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonligi vakillari, AQSH Markaziy qo‘mondonligi quruqlikdagi qo‘shinlari ishtirok etgan. Uskunalar AQSH Mudofaa vazirligining “Hamkorlar salohiyatini oshirish” dasturi doirasida taqdim etilgan. Avtomobillar 2,8 million dollarga baholangan va Amerika O‘zbekistonga hadya qilgan mudofaa mahsulotlarining bir qismi hisoblanadi.

“Ushbu uskunaning topshirilishi Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonga milliy suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishga hissa qo‘shish uchun taklif etayotgan yordam shakllaridan biri xolos. Qo‘shma Shtatlar so‘nggi 31 yil ichida sezilarli darajada rivojlangan hamkorligimizni yanada rivojlantirishni intiqlik bilan kutmoqda”, — dedi general-mayor Xagler o‘zining kirish so‘zida.

Potensialni oshirish hamkorlari dasturi uzoq vaqtdan beri AQSHning har bir geografik jangovar qo‘mondonligi doirasida hamkor mamlakatlarning imkoniyatlarini oshirish uchun harbiy va texnologik treninglar o‘tkazish orqali xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga xizmat qilib keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi