Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasining 6-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 1-noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

B guruhida “Bryugge” “Bayer” maydoniga safar qildi. Uchrashuvda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Har ikkala jamoa 1 ochkodan jamg‘ardi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida “Portu” “Atletiko” bilan bahs olib bordi va 2:1 hisobida zafar quchdi. Dastlab Mehdi Taremi va Stefen Eushtakiu gol urgan bo‘lsa, o‘yin yakunlanida Ivan Markano o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisob qisqarishiga sabab bo‘ldi.

Shu tariqa “Portu” 12 ochko bilan birinchi o‘rinda, “Bryugge” 11 ochko bilan ikkinchi o‘rinda pley-off bosqichiga chiqadigan bo‘ldi. “Atletiko” esa 5 ochko bilan guruhda qolib ketdi. “Bayer”da ham 5 ochko mavjud va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi.

YChL

6-tur bahslari

1-noyabr, seshanba

“Bayer” – “Bryugge” 0:0

“Bayer”: Gradeski, Frimpong, Ta, Tapsoba, Kossunu, Bakker, Andrix, Palasios (Demirbay, 46), Hadson-Odoi (Amiri, 76), Shik (Glojek, 89), Diabi (Adli, 76).

“Bryugge”: Minyole, Boyata, Mexele, Meyer, Sobol (Larin, 79), Vanaken, Nilsen, Lang (Olsen, 67), Byukenen, Soua, Jujla (Yaremchuk, 87).

Ogohlantirishlar: Sobol (36), Palasios (43), Andrix (63), Boyata (82), Nilsen (84).

“Portu” – “Atletiko” 2:1

Gollar: 1:0 – 5 Taremi, 2:0 – 24 Eushtakiu, 2:1 – 90 Markano (avtogol).

“Portu”: Diogu Koshta, Markano, Fabiu Kardozu, Sanusi (Vendell, 53), Otavio (Gonsalu Borjesh, 89), Gruyich, Eushtakiu, Pepe (Rodrigu Konseysau, 89), Taremi, Galeno (Bernardu Folya, 89), Evanilson (Toni Martines, 81).

“Atletiko”: Oblak, Molina, Savich, Ximenes, Reynildu, Saul (Karrasko, 60), Vitsel, de Paul, Grizmann, Korrea (Barrios, 85), Joau Feliks (Mateus Kunya, 61).

Ogohlantirishlar: Gruyich (39), Reynildu (42), Savich (48), de Paul (68), Fabiu Kardozu (69).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi