Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2022-yilgi mavsumining so‘nggi tur o‘yinlari 11-noyabrda o‘tkazilishi belgilangandi.

PFL 26-tur o‘yinlari 12-noyabrga ko‘chirilganini e’lon qildi. Bunga MTRK texnikalari Samarqand shahrida o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga jalb etilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

PFL Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatini inobatga olib, Superliganing so‘nggi turini bahordayoq 19-noyabr sanasiga o‘zgartirgandi. Biroq O‘zbekiston terma jamoasining 16-noyabr kuni Qozog‘istonga qarshi bellashuvda maydonga tushishi masalasi kuz oyida ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi yig‘ini sabab, 26-tur bahslarini 11-noyabrga qadar surish rejasi ishlab chiqildi. Boisi, Srechko Katanes terma jamoa bilan yig‘inni 12-noyabrda boshlashni rejalashtirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 11-noyabr kuni Samarqand shahri Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga mezbonlik qiladi. Samarqand ketma-ket ikkinchi bor yirik tadbirni qabul qilayotganidan kelib chiqib, MTRK texnikalari 11-noyabr kuni mazkur shaharga jalb etiladi.

Tabiiyki, mazkur jarayonda hal qiluvchi 7 ta bellashuvni o‘tkazish translyatsiya masalasida muammolar keltirib chiqaradi. Shu jihatlar inobatga olinib, 26-tur 12-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

PFL bayonoti

Hozirda Superligada sovrinli o‘rinlar masalasi, Pro-Ligaga yo‘l oluvchi ikkinchi jamoa nomi va pley-off uchrashuvi ishtirokchisi aniq bo‘lib ulgurmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?