Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Burkina-Faso sharqida jangarilar tomonidan uyushtirilgan pistirmada kamida 15 nafar askar halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Bu haqda nashrga mamlakat xavfsizlik kuchlari ma’lum qilgan. Jangarilar hujumida yana 4 nafar askar yaralangan, 11 nafari bedarak yo‘qolgan. Armiya ma’lumotlariga ko‘ra, qidiruv ishlari olib borilmoqda, qo‘shimcha kuchlar yuborilgan.

“Hududni qo‘riqlash va qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun qo‘shimcha kuchlar yuborildi. Burkina askarlari va davlat tomonidan tan olingan ‘Vatan himoyasi ko‘ngillilari’ fuqarolik militsiyasi ta’minot missiyasidan qaytayotganda jangarilar tomonidan hujumga uchradi”, — deya ma’lum qildi xavfsizlik kuchlari.

Mamlakat 2015-yildan beri isyonchilarga qarshi kurashib keladi. U yerda faol qurolli guruhlar mavjud bo‘lib, ularning ba’zilari “Al-Qoida” va IShID terrorchilik tarmoqlariga aloqador.

Hujumdan bir necha kun oldin “Al-Qoida”ga aloqador guruhlardan biri uch oydan beri jangarilar tomonidan qamalda bo‘lgan shimoliy Jibo shahridagi harbiy bazaga hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan