Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasida qanday holatda muzokaralar o‘tkazilishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun AQSH Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari haqidagi xavotirlariga quloq tutishi va “dekabr—yanvar paytidagi holatiga qaytishi” kerak.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“AQSH bizning xavotirlarimizni tinglashni istasa, ya’ni amalda dekabr—yanvar oylaridagi holatiga qaytib, Rossiya nima taklif qilishini so‘ramoqchi bo‘lsa, bu ular bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga arziydi. Men Bryusselga ham, Vashingtonga ham taqdim etilgan hujjatlar loyihalarini nazarda tutyapman”, — dedi Peskov “Moskva. Kreml. Putin” efirida.

Avvalorq Indoneziya Putin va Bayden o‘rtasida uchrashuv tashkillashtirishga tayyorligini bildirgan edi.

15—16-noyabr kunlari Indoneziyada G20 sammiti bo‘lib o‘tadi. Iyul oyi boshida Moskva Jakartani Putinning uchrashuvda ishtirok etish niyati haqida xabardor qilgani ma’lum bo‘ldi. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putinning onlayn yoki oflayn ishtirok etishi bo‘yicha qaror “barcha omillar, jumladan, xavfsizlik omili”ni hisobga olgan holda qabul qilinadi.

Avval Bayden G20 yetakchilarining navbatdagi yig‘ilishida Putin bilan uchrashishni istisno qilmagan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa agar AQSH tomonidan taklif kiritilsa, Kreml G20 sammitida Rossiya va Amerika prezidentlarining uchrashish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Keyinroq Bayden Indoneziyadagi G20 sammitida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashishdan ma’no yo‘qligini aytdi. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv haqidagi qaror Putin nima haqida gaplashmoqchi ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar Putin narkotiklar kontrabandasida ayblanayotgan basketbolchi Britni Grinerni ayirboshlashni muhokama qilmoqchi bo‘lsa, u suhbatga rozi bo‘ladi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G7 mamlakatlari yetakchilarining onlayn uchrashuvida keskin nutq so‘zlab, G7 davlatlari rahbarlarini Rossiyaning amaldagi rahbari bilan hech qanday muloqot bo‘lishi mumkin emasligi borasidagi aniq haqiqatni tan olishga chaqirdi, chunki Rossiya rahbarining o‘zi Ukrainaning yillar davomida tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga urinishlariga qaramay, muloqotni rad etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi