Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Finlyandiya elektr energiyasini o‘chirishga tayyorlanmoqda. Agar ushbu o‘chirishlar rejaga asosan amalga oshirilmasa, aholining sovuqdan o‘lish xavfi yuzaga keladi. Bu haqda mamlakat milliy elektr tarmoqlari operatoriga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Ruposters

Foto: Ruposters

Ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya energetikasi umumiy energiya ta’minotining kichik qismini tashkil qiladi, ammo bu yo‘qotish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Rossiya may oyida Finlyandiyaga elektr energiyasi va gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ygan, chunki to‘lovlarni qabul qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Finlyandiyada qishki harorat ko‘pincha -20 darajadan pastda bo‘ladi. Qishki oylarda Xelsinkida quyosh kuniga olti soatdan kamroq vaqt davomida porlaydi, — deya ta’kidlaydi agentlik.

Shunday qilib, mamlakat energiyani o‘chirishga tayyor. Rasmiylar elektr ta’minotida uzilishlar yuz berganda nima qilish kerakligi va uyda qanday materiallarni saqlash kerakligi haqida ko‘p yillar davomida aholiga ogohlantirishlar berib keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hududgazta’minot” aholini gazdan oqilona foydalanishga chaqirdi
Mahalliy
“Kimdir javob berishi, kimdir qusishi kerak” — faollar gaz va elektr muammosi sababchilariga jazo so‘ramoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida er-xotin va ularning uch oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi