Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya kansleri Olaf Shols Germaniya endi Rossiya gaziga qaram emasligini e’lon qildi. Bu haqda “Kommerant” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlin hozirda energiya narxini pasaytirish, jumladan, boshqa davlatlar bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnomalar tuzish ustida ishlamoqda.

Shols Bundestagdagi nutqi davomida Yevropa Ittifoqi gaz iste’molini 15 foizga kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini eslatdi.

U buni shu paytgacha Rossiya gaziga qaram bo‘lgan Germaniya uchun kuchli Yevropa birdamligi signali deb atadi.

E’tibor bering, axir biz bu qaramlikdan xalos bo‘ldik va qishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan holda kiryapmiz, — dedi kansler.

Fuqarolarga energiya tejaganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, “biz birgalikda gaz sarfini 20 foizga kamaytirishga intilamiz”, deb ta’kidladi.

Olaf Sholsning fikricha, Yevropa pandemiya jamg‘armasi mablag‘lari energiya inqirozini yengish uchun ishlatilishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha jamg‘armada 600 milliard yevrodan ortiq mablag‘ mavjud, barcha mablag‘larning faqat beshdan bir qismi esa bu uchun sarflanadi.

Avvalroq Germaniya tergovchilari “Shimoliy oqim”da sabotaj sodir bo‘lganini aniqlagani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi