Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Lockheed Martin mudofaa kompaniyasi rahbari AQSHda HIMARS yoppasiga o‘t ochuvchi reaktiv tizimlarini ishlab chiqarish hajmi yiliga 96 donagacha oshirilishini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“HIMARS’ga kelsak, biz ishlab chiqarish hajmini yiliga 96 donagacha yetkazishni rejalashtirish maqsadida uzoq muddatli ta’minotchilarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdik”, — dedi korporatsiya rahbari investorlar bilan uchrashuvda.

Hozirga qadar Qo‘shma Shtatlarda yiliga 60 ga yaqin HIMARS tizimlari ishlab chiqarilayotgan edi.

Sentabr oyida Pentagon Amerikaning Lockheed Martin harbiy korporatsiyasi bilan yuqori aniqlikdagi zarba beruvchi raketalarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Shartnoma summasi 77,4 million dollarni tashkil etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Facebook asoschisi Mark Sukerberg uchinchi marta ota bo‘ldi (foto)
Sport
La Liga prezidenti: “Barselona” Messini ortga qaytara olmaydi 
Shou-biznes
Bir yil davomida suratga olingan, professional aktyorlar ansambli jamlangan “Ofitser 55” filmi taqdimotidan reportaj (foto, video)