Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning iyul—sentabr oylarida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida o‘suvchi dinamika saqlanib qoldi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ushbu o‘sayotgan dinamikaga chet elliklar tomonidan yashash joylariga bo‘lgan talabning ortishi, aholining ikkilamchi daromadlari o‘sishi hamda mavsumiy omillar hisobiga erishildi.

Bozordagi faollik va oldi-sotdi shartnomalari

Mamlakatning barcha hududlarida ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni oshdi.

Joriy yil iyul—sentabr oylarida 79,9 mingta shartnomalar rasmiylashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga oshdi. Ko‘rsatkichning baland bo‘lishi asosan avgust va sentabr oylarida tuzilgan shartnomalar bilan bog‘liq.

Hududlar bo‘yicha taqsimlanganda eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari Xorazm (41 foiz), Navoiy (39 foiz), Jizzax (32 foiz) va Qashqadaryo (30 foiz) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Ushbu davrda Toshkent shahrida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga ko‘proq shartnomalar rasmiylashtirilgan.

Bundan tashqari, qidiruv tizimlarida eng ko‘p izlangan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, ushbu davrda bozor faolligi sezilarli darajada oshgan.

2022-yilda ko‘chmas mulk sektori bo‘yicha qidiruvlar soni o‘zgarishi:

Foto: Markaziy bank

Foto: Markaziy bank

Shu bilan birga, mamlakatda ko‘chmas mulkni sotib olish va ijaraga olishga bo‘lgan qiziqish ma’lum mamlakatlardan, xususan, rossiyaliklar tomonidan o‘tgan chorak boshidan sezilarli darajada oshgan.

“Yandeks” so‘rov tizimi orqali Rossiya foydalanuvchilari tomonidan “Toshkentda ko‘chmas mulk” bo‘yicha izlangan so‘rovlar soni, (ming):

Foto: Markaziy bank

Foto: Markaziy bank

Bu qo‘shimcha talab va narx muhitiga nafaqat joriy chorakda balki, kelgusi davr uchun ham bosim o‘tkazadi.

Shu davrda taklif o‘rtacha barqaror darajada saqlanib qolib, bozorda hosil bo‘lgan yuqori talabni qisman muvozanatlashtirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi