Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yangi qonun qabul qilinishi bilan O‘zbekistonda 18 mingdan ortiq standart majburiy tusdan ixtiyoriylikka o‘tadi. AOKAda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumot berildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yangi qonun 31 ta moddadan iborat bo‘lib, standartlashtirish sohasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish va ishlab chiqaruvchilarga bir qator yengilliklar berishga qaratilgan. Shu bilan birga xalqaro, mintaqaviy va xorijiy standartlarni O‘zbekistonda qo‘llash tartibi joriy etilmoqda.

Turli xil idoralar kesimida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni alohida-alohida olib borish amaliyoti bekor qilinmoqda. Standartlarni ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash, ro‘yxatga olish, yangilash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish kabi jarayonlar O‘zbekiston Standartlar institutiga berilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi