Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

VEON kompaniyalar guruhi O‘zbekistonniMarkaziy Osiyo IT-xabiga aylanishini qo‘llab-quvvatlagan holda, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishga, AdTech xizmatlari yo‘nalishini ochishga hamda Big Data tahlillari va kiberxavfsizlik laboratoriyalarini kengaytirishga sarmoya kiritmoqda.

VEON Ltd. (NASDAQ: VEON, Euronext Amsterdam: VEON) konvergent aloqa va onlayn xizmatlarni taqdim etuvchi global raqamli operator O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish va sifat jihatidan o‘sishiga qaratilgan hamda mamlakatni Markaziy Osiyoning yirik IT xabiga aylantirishga hissa qo‘shuvchi yangi tashabbuslarni e’lon qilmoqda. O‘zbekistondagi Beeline operatsion kompaniyasi orqali faoliyat yuritayotgan VEON raqamli reklamaning istiqbolli yo‘nalishini rivojlantirishni rejalashtirmoqda, buning uchun mamlakatimizda tajriba va jahon darajasidagi mutaxassislarni jalb qilgan holda hududiy AdTech-xizmatlarining servis markazi joriy etiladi. Kompaniya, shuningdek, mamlakatdagi ma’lumotlar tahlili va kiberxavfsizlik laboratoriyalarini kengaytiradi.

Bu haqida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining VEON kompaniyalar guruhi bosh direktori Kaan Terzioglu bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning raqamli ekotizimini jadal rivojlantirish uchun VEON raqamli reklamaga ixtisoslashgan OTM Global bo‘limining mintaqaviy markazini ochadi. Kelgusi yil davomida yangi OTM bo‘limi O‘zbekistonning Toshkentdagi yangi IT-parkida ishlash uchun 70 ga yaqin yuqori darajadagi AdTech mutaxassislarini yollaydi. Dastlab, kompaniya Markaziy Osiyo bozorlari uchun raqamli reklama xizmatlariga e’tibor qaratadi va kelgusi bir necha yil ichida jahon bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, VEON, Big Data va kiberxavfsizlik sohasida vakolatlarni rivojlantirib, eng yuqori darajadagi tajribani taklif qilib, BeeLab’ning O‘zbekistondagi raqamli bo‘linmasini kengaytiradi. 2023-yilning so‘ngiga qadar VEON BeeLab mutaxassislari sonini deyarli ikki barobarga, ya’ni 130 dan 250 dan ortiq kishiga oshirishni va O‘zbekistonda sohaning kadrlar resurslarini ma’lumotlar fanlari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, scrum metodologiyasi va yechimlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Yangi xodimlarni jalb qilish orqali BeeLab O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi bank sektori va fintech mijozlari uchun ma’lumotlar tahlili va kiberxavfsizlik bo‘yicha ishlarni kengaytirmoqda.

“Mamlakat kelajagi raqamli avlodga tegishli. Shu bois global tajribasi kadrlar salohiyatimizni oshirishga hissa qo‘shayotgan yetakchi kompaniya va tashkilotlar bilan O‘zbekiston hamkorlikni faol rivojlantirmoqda, raqamli maqsadlarimizga yetishishga yanada katta turtki bermoqda. VEON prezidentimiz O‘zbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotgani, mutaxassislarni IT sohasiga jalb etayotgani va yuqori malakali mutaxassislar zaxirasini shakllantirgan holda ilg‘or kompetensiyalarni rivojlantirayotgani quvonarli”, — dedi O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov.

“O‘zbekiston raqamli dunyoga o‘z eshiklarini ochmoqda va biz mamlakatning butun Markaziy Osiyo rivojiga hissa qo‘shuvchi IT-xabga aylanishi uchun barcha sa’y-harakatlarimizni amalga oshiramiz”, — dedi VEON Group bosh direktori Kaan Terzioglu. – Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni barpo etishning asosi ma’lumotlar va mamlakatda IT-ko‘nikmalarini rivojlantirish darajasidir. IT-xizmatlariga sarmoya kiritish va ma’lumotlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali biz O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va raqamli kelajagi uchun poydevor yaratmoqdamiz”.

VEON haqida

VEON — yettita jadal rivojlanayotgan bozorda 200 milliondan ortiq mijozlarga konvergent aloqa va onlayn xizmatlarni taqdim etuvchi global digital operator. Biz hayotni o‘zgartirmoqdamiz, ko‘proq raqamli texnologiyalar uchun imkoniyatlar yaratmoqdamiz va faoliyat yuritayotgan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirmoqdamiz. Bu mamlakatlar aholisi dunyo aholisining 8% dan ortig‘ini tashkil qiladi. Bosh qarorgohi Amsterdamda joylashgan VEON NASDAQ va Euronext ro‘yxatiga kiritilgan.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun https://www.veon.com saytiga tashrif buyuring

Beeline Uzbekistan haqida

Beeline Uzbekistan – mamlakatdagi eng yirik uyali aloqa operatori. Birinchi marta 4G tarmog‘i 2014-yilda ishga tushirilgan. So‘nggi yillarda kompaniya telekommunikatsiya infratuzilmasiga katta sarmoya kiritdi, jumladan, 3000 dan ortiq baza stansiyalarini ishga tushirdi.

Beeline Uzbekistan VEON guruhiga kiradi. Operatorning sakkiz milliondan ortiq abonentlari va 1600 dan ortiq xodimlari bor. 2006-yilda O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,3 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan.

Batafsil: https://beeline.uz/uz

PR aloqa: vbutnik@beeline.uz

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik issiqxona o‘rnatish tenderini yutib oldi
Dunyo
Lukashenko Belarus tashqi ishlar vaziri Makey bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi (foto)
Mahalliy
Nukus voqealarida ayblanayotganlar sudi davom etmoqda: asosiy gumonlanuvchilardan biri ikkinchisini firibgar deb atadi