Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan qator o‘yinlar 6-oktabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Arsenal” o‘z maydonida “Budyo Glimt”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Londonliklar safida Edvard Nketia, Rob Holding va Fabio Veiralar gol muallifiga aylandi.

“Kanonirlar” ochkolari sonini 6 taga yetkazib, musobaqa peshqadamligini saqlab turibdi. Norvegiya klubi esa 4 ochko bilan 3-pog‘onani band etgan.

“Roma” esa “Betis”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 34-daqiqasida Paulo Dibala penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 40-daqiqada Guido Rodriges muvozanatni tikladi. Biroq 88-daqiqada Luis Enrike ispan jamoasining g‘alaba golini urdi. O‘yin so‘ngida rimliklar a’zosi Nikolo Zaniolo qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

“Betis” ochkolarini 9 taga yetkazib, guruhda peshqadam bo‘lib turibdi. Rimliklar 3 ochko bilan 3-o‘rinni band etgan.

Yevropa Ligasi

3-tur bahslari

6-oktabr, payshanba

“Arsenal” — “Budyo Glimt” 3:0

Gollar: 1:0 – 23 Nketia, 2:0 – 27 Holding, 3:0 – 84 Fabiu Vieyra.

“Arsenal”: Terner, Tomiyasu, Xolding, Gabriel, Tirni (Uayt, 70), Jaka (Edegor, 59), Lokonga, Fabiu Vieyra, Nketia (Nelson, 82), Martinelli (Gabriel Jezus, 58), Markinyos (Saka, 59).

“Budyo Glimt”: Haykin, Sampsted (Konradsen, 88), Moe, Lode (Hoybroten, 88), Vembangomo, Berg, Saltnes, Vetlesen (Grenbek, 73), Espeyord (Salvesen, 88), Pellegrino, Mvuka (Solbakken, 73).

Ogohlantirishlar: Vembangomo (33), Jaka (41), Sampsted (53).

“Roma” — “Betis” 1:2

Gollar: 1:0 – 34 Dibala (penalti), 1:1 – 40 Rodriges, 1:2 – 88 Luis Enrike.

“Roma”: Ruy Patrisiu, Chelik (Spinassola, 5), Smolling, Manchini, Rojer, Matich, Kristante (Kamara, 80), Zaniolo, Dibala (Ash-Shaaravi, 80), Abraham (Belotti, 72), Zalevski.

“Betis”: Bravo, Pesselya, Luis Felipe, Miranda (Moreno, 76), Guardado (Vilyam Karvalyu, 75), Hoakin (Rodri, 60), Kanales, Rodriges, Ruibal, Villian Joze (Iglesias, 75), Fekir (Luis Enrike, 22).

Ogohlantirishlar: Luis Felipe (29), Bravo (32), Guardado (33), Manchini (71), Pesselya (83).

Chetlatish: Zaniolo (90).

“Fenerbahche” — “Larnaka” 2:0

Gollar: 1:0 – 26 Batshuayi, 2:0 – 79 Mamas (avtogol).

“Renn” — “Dinamo Kiyev” 2:1

Gollar: 1:0 – 23 Tere, 1:1 – 33 Sigankov, 2:1 – 89 Due.

“Braga” — “Yunion” 1:2

Gollar: 1:0 – 49 Abel Ruis, 1:1 – 86 Nilsson, 1:2 – 90 Nilsson.

“Midtyulland” — “Feyenoord” 2:2

Gollar: 0:1 – 21 Shimanski, 0:2 – 45 Kekchyu (penalti), 1:2 – 54 Isaksen, 2:2 – 85 Juninyo.

“Olimpiakos” — “Karabax” 0:3

Gollar: 0:1 – 68 Ovusu, 0:2 – 82 Veshovich, 0:3 – 86 Sheydaev.

“Frayburg” — “Nant” 2:0

Gollar: 1:0 – 48 Kere, 2:0 – 72 Grifo.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi