Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Inter” futbolchisi Alessandro Bastoni “Barselona”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng (1:0) tahdidga uchradi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bu haqida futbolchining rafiqasi ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi va pochtaga kelib tushgan bir nechta xatlarni ilova tariqasida joyladi, deya xabar beradi Corierre dello Sport nashri.

Xabarlarning birida: “Turmush o‘rtog‘ingning oyog‘ini sindiraman. Men uylaring atrofidaman. Uni otaman va u ortiq futbol o‘ynay olmaydi”, — degan yozuvlar bo‘lgan.

“Barselona” muxlislarining bunday munosabatiga Bastonining Instagram sahifasiga joylagan surat sabab bo‘lishi mumkin.

Alessandro ijtimoiy tarmoqqa “ko‘k-anorranglilar” futbolchisi Gavini libosidan tortib, maydonda sudrayotgani aks etgan rasmni joylab, “qalb va xarakterning g‘alabasi”, degan yozuvni qoldirgan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Eslatib o‘tamiz, YCHL guruh bosqichi 3-turdan o‘rin olgan o‘yinda “Inter” “Barselona” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. C guruhida “nerazzurilar” 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, kataloniyaliklar 3 ochko bilan 2-pog‘onani band etgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi