Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 3-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 4-oktabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Barselona” safarda “Inter” bilan bahs olib bordi. Uchrashuvdagi yagona gol 45+2-daqiqada Hakan Chalhano‘g‘lu tomonidan urildi. Milanliklar ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi. Kataloniyaliklar esa 3 ochko bilan 3-o‘rinni band etib turibdi.

“Liverpul” o‘z maydonida “Reynjers”ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mersisaydliklar tarkibida Trent Aleksander-Arnold va Muhammad Saloh o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

“Napoli” “Ayaks” ustidan 6:1 hisobida zafar quchdi. “Atletiko” esa kutilmaganda “Bryugge”ga imkoniyatni boy berdi. “Tottenhem” safarda “Ayntraxt” bilan durang o‘ynadi.

YChL

3-tur bahslari

4-oktabr, seshanba

“Inter” – “Barselona” 1:0

Gol: 1:0 – 45 Chalhano‘g‘lu.

“Inter”: Onana, Darmian (Gozens, 77), de Vrey (Acherbi, 77), Shkrinyar, Bastoni, Dimarko (Dumfris, 76), Mxitaryan, Chalhano‘g‘lu (Aslani, 85), Barella, Korrea (Jeko, 57), Martines.

“Barselona”: ter Stegen, Serdji Roberto, Kristensen (Pike, 58), Erik Garsiya, Alonso (Balde, 64), Buskets, Pedri, Gavi (Kessie, 83), Levandovski, Dembele, Rafinya (Fati, 64).

Ogohlantirishlar: Barella (22), Buskets (60), Xavi (68), Chalhano‘g‘lu (70), Martines (76), Gavi (76), Inzagi (80), Bastoni (88), Onana (90).

“Liverpul” – “Reynjers” 2:0

Gollar: 1:0 – 7 Aleksander-Arnold, 2:0 – 53 Saloh (penalti).

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 90), Matip, van Deyk, Simikas, Henderson (Fabinyo, 70), Tiago Alkantara (Milner, 81), Saloh, Diogu Jota (Firmino, 69), Dias, Nunyes (Elliott, 80).

“Reynjers”: Makgregor, Tavernye, Goldson, Devis (Kamara, 81), King, Barishich, Devis (Jek, 66), Landstrem, Tillman (Sakala, 66), Morelos (Cholak, 73), Kent (Matondo, 81).

Ogohlantirishlar: Landstrem (37), Aleksander-Arnold (90).

“Ayaks” – “Napoli” 1:6

Gollar: 1:0 – 9 Kudus, 1:1 – 18 Raspadori, 1:2 – 33 Di Lorenso, 1:3 – 45 Zelinski, 1:4 – 47 Raspadori, 1:5 – 63 Kvarasxeliya, 1:6 – 81 Simeone.

“Ayaks”: Pasveer, Rensx (Bas, 84), Bassi, Timber (Grillich, 80), Blind, Alvares, Taylor (Klassen, 72), Kudus, Tadich, Bergeys (Brobbi, 72), Bergveyn.

“Napoli”: Meret, Di Lorenso (Zanoli, 84), Rrahmani, Kim Min Chje, Olivera, Lobotka (Gaetano, 80), Zelinski (Ndombele, 46), Zambo-Angissa, Losano, Kvarasxeliya (Elmaz, 64), Raspadori (Simeone, 64).

Ogohlantirishlar: Raspadori (21), Timber (30), Tadich (38), Kudus (90).

Chetlatish: Tadich (73).

“Bryugge” – “Atletiko” 2:0

Gollar: 1:0 – 36 Soua, 2:0 – 62 Jujla.

“Ayntraxt” – “Tottenhem” 0:0

“Portu” – “Bayer” 2:0

Gollar: 1:0 – 69 Sanusi, 2:0 – 86 Galeno.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bizning jamiyatda seni la’natlangan yoki axloqi buzuq odam deb o‘ylashar edi” — vujudida OIV bilan yashayotgan insonlar hikoyalarini jamlagan “Hayot davom etadi”
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi