Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sammitda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tadbirda kelgusi haftada Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik bilan bog‘liq dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning muhim jihatlari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya sohalaridagi yaqin aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu bilan davlat rahbarining amaliy tashrifi yakunlandi. Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.

Mavzuga doir:

Izoh

Асан Сейтмуратов

8 oktabr, 10:29

Ўзбекистон президенти Ш.Мирзиёев қўшни мамлакатлар билан алоқаларни мустаҳкамлашга ва минтақадаги тинчликни сақлашга бошқа президентлардан кўра кўпроқ ҳаракат қилади.

Berdaq Abdakimov

8 oktabr, 10:25

Путин ўзбекистонни ҳар қандай йўл билан КХШТга аъзо қилмоқчи. Шавкат Мирзиёев Путин ўйлагандай анойи сиёсатчи эмас.

MS9696

8 oktabr, 07:36

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning o'g'li Serdar Berdimuhammedov borgan.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Dunyo
YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi
Kino
“Ratatuy”, “Boshqotirma”, “Koko siri” — bolalar qolib, kattalar ham sevib tomosha qiladigan Pixar multfilmlari (video)