Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jizzax viloyatida ichki ishlar xodimi tungi xizmatga ketayotgan vaqtda YTH oqibatida vafot etdi. Bu haqda IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Aytilishicha, 2-oktabr kuni kech soat 24:00 da Jizzax viloyati Zarbdor tumani “Mustaqillik” mahallasi profilaktika inspektori leytenant X.Shukurullayev boshqaruvidagi “VAZ 2106” avtomashinaning “Jizzax—Gagarin” 4R-38 avtomobil yo‘lining 10-kilometrida o‘ng tomoni shinalari texnik shikastlanishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada qatnov qismining o‘ng tomonidagi dala maydoni chetiga ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Baxtsiz hodisa oqibatida leytenant X.Shukurullayev voqea sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Aniqlanishicha, shu kuni X.Shukurullayev hushyor holatda, xizmat kiyimida bo‘lgan. U viloyat IIB boshlig‘ining farmoyishiga asosan, “Paxta-2022” tadbirlari munosabati bilan Zarbdor tumani, “Yangikent” mahallasida tashkil etilgan nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan bo‘lgan.

32 yoshli X.Shukurullayev ichki ishlar organlarida 2020-yildan, egallab turgan lavozimida 2022-yilning yanvar oyidan buyon xizmat qilib kelgan, harakatdagi intizomiy jazosi bo‘lmagan.

Holat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda, tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi