Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Uganda prezidenti Yoveri Museveni murojaat e’lon qilib, Keniya xalqidan o‘z o‘g‘li, mamlakat quruqlik qo‘shinlari sobiq bosh qo‘mondoni Muxuzi Kaynerugabaning Keniya poytaxti Nayrobini bosib olish haqidagi gaplari uchun uzr so‘radi. Musevenining murojaati uning saytiga joylandi.

Yoveri Museveni

Yoveri Museveni
Foto: Getty Images

“Keniyalik aka-singillarimizdan quruqlik qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general Muxuzi tomonidan e’lon qilingan, ushbu buyuk mamlakatdagi saylovlarga oid tvitlar uchun bizni kechirishlarini so‘rayman. Xoh harbiy bo‘lsin, xoh oddiy fuqaro, davlat xizmatchilarining qardosh mamlakatlarning ichki ishlari haqida izohlar berishi yoki ularga qay tarzdadir aralashishi noto‘g‘ridir”, — dedi Museveni.

Ugandaning Nation gazetasi yozishicha, mojaroga Muxuzining biryo‘la bir nechta tvitlari sabab bo‘lgan. Ulardan birinchisi Keniyaning sobiq prezidenti, Muxuzi “aka” deb ataydigan Uxuru Keniata uchinchi muddatga nomzodini qo‘ymaganiga oid bo‘ldi (qonun bo‘yicha u bunga haqli emasdi). Avgustda bo‘lib o‘tgan saylovlarda vitse-prezident Uilyam Ruto g‘olib bo‘ldi. Nashr qayd etishicha, Ruto va Museveni o‘rtasida “iliq aloqalar” bor.

Muxuzining qolgan tvitlariga qaraganda, u Sharqiy Afrika federatsiyasi tuzilishi tarafdori (Unga Keniya, Uganda va Tanzaniya kirgan bo‘lardi) hamda Keniya va Ugandani qardosh mamlakatlar deb hisoblaydi. Davlat o‘rtasida “mustamlakachilar tomonidan o‘rnatilgan” chegaralar, Muxuzining fikricha, “hech qanday ahamiyatga ega emas”. Federatsiyaga, generalning g‘oyasiga ko‘ra, otasi rahbarlik qilishi kerak, Ruto uning o‘rinbosari bo‘lishi, Keniata esa tashqi ishlar vaziriga aylanishi kerak.

3-oktabr kuni Muxuzi “Nayrobini egallab olish uchun” unga va armiyaga ikki hafta kifoya qilishi haqida tvit qoldirgandi. Undan keyingi tvitida esa “Keniya armiyasini hech qachon mag‘lub qilolmagan bo‘lishini”, chunki otasi unga bunday qilishga urinishni taqiqlab qo‘yganini bildirgandi. “Shunday ekan, Keniyadagi odamlarimiz erkin nafas olsa ham bo‘ladi”, — deya xulosa qilgandi Muxuzi.

Muxuzi Uganda quruqlik qo‘shinlari rahbari lavozimidan ayrilgan bo‘lsa-da, ayni vaqtda uning unvoni oshirildi: avval u general-leytenant bo‘lgan bo‘lsa, endi to‘liq generaldir. Museveni uning martabasi oshirilganini o‘g‘li “ko‘p ishlarni amalga oshirgani va yana ko‘p narsalar qila olishi” bilan izohladi. Muxuzi, shuningdek, maxsus operatsiyalar bo‘yicha prezident oliy maslahatchisi lavozimini ham o‘zida saqlab qoldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bizning jamiyatda seni la’natlangan yoki axloqi buzuq odam deb o‘ylashar edi” — vujudida OIV bilan yashayotgan insonlar hikoyalarini jamlagan “Hayot davom etadi”
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Sport
Boks yulduzi Saul Alvares Messi va Argentina xalqidan uzr so‘radi