Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda yangi — “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini boshladi. Ko‘rsatuvning 1-soni mehmoni Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatida yuz bergan muammoli vaziyatga to‘xtaldi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Bir kuni Yangiyo‘ldagi Gulbahor shaharchasida ikkita ko‘cha gumburlatib buzib tashlangan — uylar-u devorlar qolmay. Hech kim tushunmayapti nima bo‘layotganini. O‘zi 2018—2019-yillar O‘zbekiston tarixidagi eng ko‘p buzishlar yuz bergan yillar bo‘ldi-ku. O‘shanda Prezident administratsiyasi xodimlari hokimlikdan kelib o‘tirib olgan buzasan deb.

Odamlar so‘rayapti. Lekin “nima uchun buzyapsan?” degan savolga javob yo‘q. Zo‘ravonlik bo‘ldi-da. Aholi bilan umuman tushuntirish olib borilmagan ekan, ular bilmaydi nega bunaqa bo‘layotganini.

Keyin men kirdim o‘sha administratsiyaning vallomati oldiga (hali ham ishlab yurgandir, menimcha). Kirib, aytdim: “Ey baraka topgur, nega aholiga tushuntirmaysiz? Nega buzyapsizlar? Hech bo‘lmasa, eski va yangi qiyofasi ko‘rsatilgan maket qo‘yib qo‘ymaysizlarmi?”.

Uning javobiga qaraganda, aholi, hatto, ko‘cha nega buzilayotganini ham bilmasligi kerak ekan, chunki bu maxfiy ma’lumotmish. Bunaqa jinnicha javobni eshitib hayron bo‘lgandim o‘shanda.

Eng qizig‘i, “nima uchun aynan mana shu ikkita ko‘cha buziladi, sabab nima?” deb so‘rasam, “siz bularning hammasi Vatan uchun nima hissa qo‘shganini hisoblaganmisiz? Nega yonini olyapsiz?” degan (kuladi). Men aytdimki, bular kelib davlatga non topib ber, ish topib ber deb so‘ramayapti, shuning o‘zi foyda.

Shunaqa past dunyoqarashli insonlar ham ishlardi. Eng katta inson huquqlari buzilishi bo‘lgandi o‘shanda. Borib, qattiq kurashganmiz. Va haligacha shunaqa ishlar davom etyapti.

Ba’zi joylarda aql-hushi joyida, farosatli, madaniyatli hokimlar ham bor. Lekin tor dunyoqarashli, o‘qimagan, maktab ko‘rmaganlari ham bor-da.

Ba’zida hayron qolaman bular maktabda ham o‘qimagan shekilli deb. Shunaqalar ham kelib qolgan, afsuski, hali ham ketmagan. O‘shalarning kasriga qiynalib o‘tiribmiz, odamlar ham norozi, — deydi deputat.

Ko‘rsatuvni to‘liq tarzda “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Dunyo
YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi
Kino
“Ratatuy”, “Boshqotirma”, “Koko siri” — bolalar qolib, kattalar ham sevib tomosha qiladigan Pixar multfilmlari (video)