Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) “Sijjak” dam olish maskanini takroran kimoshdi savdosiga qo‘ydi.

Foto: E-auksion

Foto: E-auksion

Jarayon ikki bosqichdan iborat — avval ariza beruvchilar tanlanadi, so‘ngra tijorat takliflari baholanadi.

Potensial xaridorlar dam olish zonasini rivojlantirish bo‘yicha biznes konsepsiyasini taqdim etishlari kerak.

Foto: E-auksion

Foto: E-auksion

Oromgoh O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan. 2017-yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan musodara etilgan.

Keyinchalik musodara qilingan ushbu hashamatli qarorgoh ichidagi barcha jihozlari bilan O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga vaqtinchalik foydalanishga berilgan edi.

Foto: E-auksion

Foto: E-auksion

Ammo oxir-oqibat ushbu dam olish maskanini ommaviy savdolar orqali shaffoflik prinsipi asosida sotuvga qo‘yishga qaror qilindi.

2021-yilda dam olish maskani bir necha bor sotuvga qo‘yilgan edi, biroq xaridor topilmagan. Joriy yil bahorida ham oromgoh auksioni bo‘lib o‘tdi, biroq obyekt yana sotilmadi.

Foto: E-auksion

Foto: E-auksion

Ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufidagi mazkur majmuaning umumiy yer maydoni 5,38 gektarni tashkil etadi. Bino va inshootlari esa 4 040 kvadrat metrdir.

Oromgohda mehmonxona, bir nechta hovuz, amfiteatr, kottej va boshqa inshootlar mavjud.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bizning jamiyatda seni la’natlangan yoki axloqi buzuq odam deb o‘ylashar edi” — vujudida OIV bilan yashayotgan insonlar hikoyalarini jamlagan “Hayot davom etadi”
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Sport
Boks yulduzi Saul Alvares Messi va Argentina xalqidan uzr so‘radi