Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gretsiya Germaniyadan Ikki jahon urushi davridagi harbiy jinoyatlar uchun tovon to‘lashni talab qilmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias polshalik hamkasbi Zbignev Rau bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Nikos Dendias

Nikos Dendias
Foto: AP Photo

“Gretsiya hukumati va jamiyati uchun bu masala ochiqligicha qolmoqda. Uning yechimi — prinsipial masala va bu barcha ishtirokchi davlatlar hamda butun Yevropa Ittifoqi uchun foydali bo‘ladi, deb o‘ylayman”, — dedi Gretsiya tashqi ishlar vaziri.

Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Kristofer Burger Germaniya hukumati Polshaning tovon talab qiluvchi notasini o‘rganib chiqayotganini, biroq Berlinning bu boradagi pozitsiyasi allaqachon ma’lum ekanini aytgandi. Burgerning eslatishicha, Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Burbok Rau bilan uchrashuvda Germaniya tovon to‘lash masalasini qonuniy ravishda yopilgan, deb hisoblashini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi