Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pentagon AQSH va Norvegiya ikki davlatning uzoq masofaga uchuvchi gipertovushli va tezyurar qurollarni yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihasi doirasida qattiq yonilg‘ida ishlaydigan havo-reaktiv dvigatelli uchar apparatni sinovdan o‘tkazgani haqida ma’lum qildi. Harbiy idoraning aniqlik kiritishicha, sinovlar 17—18-avgust kunlari Norvegiyaning Anneya orolidagi poligonda o‘tkazilgan.

Foto: “Defense.gov”

Foto: “Defense.gov”

“Ikkala uchirish ham muvaffaqiyatli deb topildi, yonilg‘isi tugab, apparatlar suvga qulashidan avval ular yuqori tovush tezligini namoyish etdi”, — deyiladi AQSH Mudofaa vazirligi bayonotida.

THOR-ER uzoq masofali gipertovushli va yuqori tezlikdagi qurolni yaratish bo‘yicha AQSH va Norvegiya qo‘shma loyihasi haqida 2020-yilda e’lon qilingandi.

“Ushbu sinovlar orqali THOR-ER loyihasining birinchi bosqichi maqsadlari bajarildi”, — deya ta’kidladi Pentagon.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi