Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Yuventus” yarim himoyachisi Anxel di Mariya Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida “Makkabi H”ga qarshi kechgan bahsda (3:1) uchta golli uzatma muallifiga aylandi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Argentinalik futbolchi musobaqadagi assistlari sonini 38 taga yetkazib olgan holda, bu borada Lionel Messini (37) ortda qoldirib ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bu borada Krishtianu Ronaldu yetakchi bo‘lib turibdi. Portugaliyalik futbolchi hisobida 42 ta golli uzatma bor. “Manchester Yunayted” forvardi joriy mavsum YCHLda ishtirok etmayapti.

Eng yaxshi assistentlar kuchli beshligidan, shuningdek, Neymar (32) va Rayan Giggz (31) ham joy olgan.

Di Mariya o‘z faoliyati davomida ikkinchi marta Chempionlar Ligasidagi bir o‘yinda uchta assist ijro etdi. Bundan avval Anxel 2019-yil “Bryugge”ga qarshi bahsda ham uchta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi