Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Sharqiy-1” Gaz taqsimlash stansiyasiga kirish quvurida 4-oktabr kuni tabiiy gaz sizib chiqish holati sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “O‘ztransgaz” AJ matbuot xizmati.

Foto: “O‘ztransgaz” matbuot xizmati

Foto: “O‘ztransgaz” matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, soat 13:00 da aniqlangan gaz sizib chiqishi tufayli stansiya faoliyatini vaqtincha to‘xtatish zarurati paydo bo‘ldi. Toshkent MGQB mas’ullari “O‘ztransgaz” AJ markaziy dispetcherlik departamenti bilan kelishgan holda “Sharqiy-1” stansiyasi orqali tabiiy gaz bilan ta’minlanadigan iste’molchilarga telefonogramma yuborildi hamda 15 soatga stansiyani tarmoqdan ajratish chorasi ko‘rildi.

Ayni paytda Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasining rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh voqea joyida bo‘lib turibdi. 5-oktabr soat 08:10 dan boshlangan ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Ta’mirlash ishlari 5-oktabr soat 23:00 gacha yakunlanishi kutilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan stansiya tabiiy gaz tarmog‘iga ulanadi.

Yuzaga kelgan vaziyat tufayli Toshkent viloyatining bir qator hududlari, xususan, Toshkent, Qibray, Zangiota tumanlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi