Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda yangi — “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini boshladi. Ko‘rsatuvning 1-soni mehmoni bo‘lgan Rasul Kusherbayev avtoturargohlar masalasidagi muammolarga to‘xtalib, o‘zi ham ba’zi paytlarda qoidalarni chetlab o‘tishga majbur bo‘layotgani haqida gapirdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Suhbat davomida Toshkent shahar hokimligining Jamoatchilik kengashi raisi Furqat Mahmudxo'jayev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatidan “Siz ham mashinangizni parkovkaga qo‘yasizmi? Endi sizni hamma taniydi, joy berishsa kerak?”, qabilida savol bergan.

Rasul Kusherbayevning javobi quyidagicha:

Yo‘q-yo‘q, unaqa holat bo‘lmagan. Ba’zida men ham noto‘g‘ri qo‘yaman mashinani. Ilojsiz paytda podyezd tagiga qo‘yaman. Nafaqat men, ko‘pchiligimiz shunday qilamiz. Boshqa iloji yo‘q, qayerda bo‘sh joy bo‘lsa, o‘sha yerga qo‘yib kelaman. Ba’zan chizib ketishadi. Chidaymiz-da endi, qo‘limiz bilan ko‘tarib yurolmaymiz.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi